Loyiha haqida

Bu nima

AkademTranslit matnni özbek tilining uç yozuvi orasida ögiradi: kirill, 1995 yilgi lotin va 2026 yilgi lotin. Matnni tekşiradi va 1995 yilgi yozuvdan 2026 yilgi yozuvga ötiş hisobotini beradi.

Kim uçun

Matnni bir yozuvdan boşqasiga ötkazişi kerak bölgan har kim uçun: muallif, muharrir, naşriyot, öquv yurti, idora.

Qanday işlaydi

Ögiriş qoidalar asosida bajariladi: harflar jadvali va harfning sözdagi örniga qarab işlaydigan qoidalar. Sunʼiy intellekt işlatilmaydi.

2026 yilgi alifbo — Özbekiston Respublikasining OʻRQ‑1184‑son Qonuni bilan belgilangan alifbo. Qonun 2027‑yil 22‑aprelda kuçga kiradi.

Loyiha qoidalari Qonun bilan tasdiqlangan alifboga asoslanadi. Rasmiy imlo qoidalari eʼlon qilinganda ular şu qoidalarga moslab yangilanadi; joriy versiya sahifa pastida.

Oflayn rejimda matn şu brauzerda işlanadi: sahifa matnni heç qayerga yubormaydi.

Oçiq kutubxona

Ögirişni akademtranslit kutubxonasi bajaradi. U MIT litsenziyasi bilan oçiq; har versiyasi test vektorlari bilan tekşiriladi.

Çeklovlar

Avtomatik ögiriş xato qilişi mumkin: özlaşma sözlarda (ц, е), ismlarda va qisqartmalarda. Muhim matnni öqib çiqing.